Главная » Архив материалов
| Автор: | 21.03.2014
O’tgan yili onam qazo qildi. Xar gal uyga borsam, otamning mung’ayib o’tirganini, juda o’zini oldirib qo’yganini ko’rib, ezilib ketaman….

Oilada katta o’g’ilman, aloxida imorat qilib chiqib ketganman. Yaqinda yana otamni ko’rib kelish uchun uyga bordim. Ozib, bir burdagina bo’lib qolibdi. Onamdan ayrilganiga chiday olmayapti. Biz o’g’il – qizlarining atrofida parvonaligimiz, mexribonchiligimiz otamga tatimayapti. O’ylab – o’ylab, otamni o’zimning uyimga olib ketishga qaror qildim. Buni kenja ukamga, kelinga aytib:
- Otamning narsalarini tayyorlang, kelin. Biznikida picha turib, xavo almashtirib keladi, - dedim.
- Qo’y, meni bezovta qilma, o’zimning uyim yaxshi, - deya unamadi otam.
Uyga qaytayotib, qo’shni maxallada yashaydigan otamning qadirdoni Xurshid amakini darvozasi oldida xassa tayanib turganiga ko’zim tushi – yu, ularni uchrashtirsamchi, anchadan beri bir – birlarini ko’rmagan, deb amakini uyimizga olib bordim. Ikki qariya bir – birini ko’rib, ... Читать дальше »
   | Просмотров: 382 | Рейтинг: 0.0/0 |
Прикрепления: Картинка 1
| Автор: | 21.03.2014
Besh yil oldin, ya’ni to’yim kuni bir ko’ngilsiz voqea bo’lgandi. Uni eslasam, xaliyam o’zimni kechira olmayman. Xamma dugonalarimni to’yga taklif qilganman. Uzoq viloyatlarda kursdosh dugonalarim xam kelishgan…

Biznikida qiz bazmi bo’ldi. Ertasiga nikox, dugonalarim biznikida qolishdi. Kelinoyim to’yda almashtirib taqaman, deb ikki xil tilla sirg’a , yana ikki-uch hil uzugini ro’molchaga tugub, xalatining cho’ntagiga solib kelgan ekan. O’sha kuni bazm yarim kechagacha davom etdi. Ertasiga ertalab kelin oyim sirg’asini almashtirmoqchi bo’lib, cho’ntagini ko’rsa, tillalari yo’q. u rangi oqarib, buni oyimga aytdi. Bir zumda xamma xalovatini yo’qotti. Kelin oyim o’z uyida mexmonlar yotishgani uchun kechasi qizlarning yoniga kelib uxlagan. Kimdir shu orada folga yuguribdi. Bir pasda gap topib kelishdi:
- Tillar uydan chiqmagan, - dedi folbin. Lekin xarakat qilmasak, chiqib ketishi mumkun ekan. Yoshgina bo’yi pastroq, uzoq yo’l bosib kelgan qiz olganmush
Dugonalar ... Читать дальше »
   | Просмотров: 303 | Рейтинг: 0.0/0 |
Прикрепления: Картинка 1
| Автор: | 21.03.2014

“Umr savdosi – ko’pdir g’avg’osi” deydilar. Yuragi urib, oyog’i yurib turgan inson borki, xayotda turli mushkulotlarga duch keladi. Xech kim oppoq orzular osmonini tark etgisi kelmaydi. Bu dunyoda xamma narsa niyatga yarasha bo’lgani kabi, siz niyatlaringiz mustajobini juda – juda istayapsiz, najatkor izlayapsiz. Dil zaxrini dil oladi. Onangizga suyaning, ko’nglingizni oching. Xovliqmay xolatingizni tushuntiring. Biling, bu ko’yga tushgan birinchi va oxirgi inson emassiz…!!!

1 - Voqea:

Ona qizining tanloviga qarshi edi. Qiz yigit bilan til biriktirib, uydan qochib ketdi. To’y bo’ldi. Bir xafta o’tar – o’tmas, yigitning xotini, bolasi borligini bildi. Dilini alam tildi…..

2 – Voqea:

Ona “Begonaning bekidan, tog’amning tog’i yaxshi”, deb qizini sevganiga bermay, qarindoshining o’g’lig ... Читать дальше »

   | Просмотров: 353 | Рейтинг: 0.0/0 |
Прикрепления: Картинка 1
| Автор: | 21.03.2014
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

* * *

Ne baxt, yana yurtimga Navro’z ayyomi keldi
Yangi kun-yangilanish,yashnash maromi keldi.
Ezgu urf-odatlarning azaliy,Navro’zona
Mehr bilan yo’g’rilgan sog’inch salomi keldi.

Kun va tunni barobar teng aylaguvchi qud ... Читать дальше »
   | Просмотров: 464 | Рейтинг: 0.0/0 |
« 1 2 3