Главная » 2014 » Март » 22 » Ajoyib Satirlar
23:24
Ajoyib Satirlar

•••
Dunyoning ichiga kir, sayr qil, ko`r, ammo ehtiyot bo`l, dunyo sening ichingga kirmasin!
•••
Bir shayx o`tirgan joyidan derazaga boqib, yonida o`tirganlarga debdi:
- Sizga yolg`on aytaman… falonchi o`tip ketyapti.
Xamma o`rnidan turib, derazadan tashqariga qarabdi. Shayx kulimsirab:
- Men sizlarga yolg`on aytaman desam xam, o`rinlaringizdan turib qaradingiz. Dunyo xam shunday yolg`onchidir, ko`ra-bila nog`orasiga o`ynayveramiz!
•••
Boyazid Bistomiy xazratlari jinnixona yonidan o`tayotganlarida, bir tabibning xavonchada dori maydalayotganini ko`rib:
- Bexad gunoxkorman,-debdilar,-shu kasalimga qarshi doring bormi?
Tabib boshini ko`tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi:
- Tavbaning tomiri bilan istig`forning yaprog`ini aralashtir. Qalb xavonchasida tavxid to`qmog`i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o`tkaz, ko`z yosh bilan yo`g`ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko`proq tanovul qil. Ko`rasan, kasalligingdan asar xam qolmaydi.
Bistomiy xazratlarining ko`zlari jiqqa yoshga to`lib debdilar:
- Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor !!!
•••
Bilinmoq uchun emas, bilmoq uchun o`rganish kerak!
•••
Sen yomonlayotgan odamning obro`si kamaydi, ammo bu to`kilgan obro` senikiga kelib qo`shilmaydi-ku!
•••
Якин нима? Якин киёмат. Якинрокчи? Илимдир албат. Ажаб нима? Тугулажак годак. Ажабланмокчи? Фонийни севмок. Ширин нима? Фарзанд кулгуси. Ширинрокчи? Танда иссик жон. Мехрибон ким? Отам волидам. Мехрибонрокчи? Яратган эгам. Гузал нима? Одамзот шакли. Гозалирокчи? Оллохнинг васли. Лаззат нима? Нафисни кондирмок. Лаззатланмокчи. Жанатга кирмок. Ачик нима? Бу арок. Ачикрокчи? Жавобсиз севги.

Просмотров: 456 | Добавил: DILYONA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: