Главная » 2014 » Март » 28 » "Norizo"
14:24
"Norizo"

Xamma Zamonlarda bo’lgani kabi, bugungi kunimzida xam qalbidagi mexr, oqibati tanazzulga uchrab, o’z rohatuni o’ylab, Otalarini, Qariyalar uyiga keraksiz buyum kabi tashlab ketgan ayrim noqobul farzandlarga qarovsiz otalar tilidan VIJDON XITOBI…
Aziz zamondoshim sizdan qismat koshonasi bo’lgan xayot ko’zgusiga bir muddat boqishingizni so’rayman…

Qiz bolani tarbiyalash og’ir inim
Bilsang mening yuragimni g’amlar yedi
Uylandingmi? O’lguningcha yo’qdur tinim
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Umr ko’rdim tirikchilik kuyida man
Qo’y so’ygandim farzandlarim to’yida man
Bugun esa QARIYALAR UYIDAMAN
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

O’ylab ko’rsam xayotimdan nolib o’zim
Xotin o’gil tuqqan kunda g’olib o’zim
Jonga tegdi desang bolam shudur so’zim –
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Bola boqdim quvvat bo’lsin belimga deb
Og’ir kunda madad bo’lsin elimga deb
Ular meni tashlab ketti ortiqcha deb
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Ko’p zotlarga bosh ekgandim bolam uchun
Bugun esa dardusarman olam uchun
Shu so’z meni mayna qilgan zotlar uchun
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Boylik senga baxtni i’nom etarmikan
Shu so’zlarim qulog’ingga yetarmikan
Ota bo’lish senga nasib etarmikan
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Bilagida g’ayrat jo’yshgan polvon bolam
Xotinchasin maqtayotgan osmon bolam
Otasini tirikligi gumon bolam
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Qariyalar uyida qon yutmoqdaman
Qismat ekan azob chekib o’tmoqdaman
Kelishingni mushtoq bo’lib kutmoqdaman
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Qaytar dunyo olovuda yonib ketma
Sen ham mendek bu dunyodan nolib ketma
Qariyalar uyida xech qolib ketma
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Onang meni chorlamoqda xayr bolam
Umr o’zi 3 – 4 kunlik sayr bolam
Faqat tobut ko’targanda chayir bolam
Qani endi sen xam, Ota bo’lsang edi…

Просмотров: 496 | Добавил: DILYONA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: