Главная » 2014 » Март » 28 » “Oilam – orim, desangiz, oy og’ar”
14:23
“Oilam – orim, desangiz, oy og’ar”

- Aziz opalarim, singillarim! Janjalsiz ro’zg’or bo’lmas, changalsiz butazor. Turmush tarzingizni o’zgartirib “inqilob” yasang, demayman, biroq xayotingizga teran nigox bilan boqishingizni, turmush o’rtog’ingizga doimo yoqishingizning tarafdoriman.
Oila deb atalmush baland qal’aning qalbi – Siz, qanoti – Eringiz. Qanotingizni shikaslanishdan extiyot qilish sizning qo’lingizda.
Tuxmat qilib, janjal ko’targan eringizdan “aybim nima”, deb so’ramang, siz xam o’zingizni xotirjam tuting, qulay fursatni kuting. Bolalarning voyaga yetayotgani, kattalarning mojarolari ularga yomon ta’sir etayotgani haqida eringizga mexribonlik bilan tushuntiring.

Voqea:

Er – xotin bolali bo’lguncha totuv yashashdi. Keyin kelishmovchilik, mashmasha mavsumi boshlandi.
Xotin: “ Erimning xayotida boshqa ayol paydo bo’lgan” degan xayolga xam bordi. Onasining maslaxatiga kirib, eriga oldingidan ko’proq e’tiborli bo’lishga xarakat qildi, yaxshi so’zini ayamadi, unga shubxa ko’zi bilan qaramadi. Aksincha, uylarini chinniday tozalab, chiroyli ta’mirlab, ko’ksini bosib turgan toshni jildirdi. Evaziga eri unga befarq emasligini bildirdi, guldastalar keltirdi.

Masalaxatimiz:
- Yurak tomirlarining ish faoliyatini normallashtiruvchi vosita: foydali taom, oila “iqlimi”ni mo’tadillashtiruvchi vosita esa shirin kalom va extirom.
Qalovini topsangiz, qor yonar, Oilam – orim, desangiz, oy og’ar. Vaqt – inson yuragining yaralarini davolaydi. Opalarim, singillarim, orzu – istaklaringiz, ezgu tilaklaringiz ijobatini ko’ring.

Просмотров: 427 | Добавил: DILYONA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: