Главная » 2014 » Март » 28 » "SMS"
14:26
"SMS"

Yigit bilan qiz bir - birini juda qattiq sevar edi! Yigit biznesmen, qiz esa kollejda o’qir edi. Yigit xar kuni ishi tugaganidan so’ng xar kungi kafeda qizni kutar, qiz esa o’qishlarini tamomlab shu kafega sevgan insoni ko’rishga oshiqib kelar edi. Bu baxtli kun xar kuni, xar doim shu tarzda o’taverdi, ularni muhabbati kundan - kunga oshib boraverdi.
Kunlarning birida yigit ishidan bo’shab xar doimgidek o’sha visol oshyoniga aylangan o’sha kafega keldi va qizga qo’ng’iroq qildi. Lekin telefon negadur o’chik edi. Yigitni havotir bosdi, “Xech qachon mandan ruxasatsiz, mani ogoxlantirishsiz telefonini o’chirmas edik - u” degan xayol o’tdi. U 1 soat kutdi, soatlar o’taverdi, vaqtlar esa xech tinim bilmas edi, qizdan esa xaliham xabar yo’q. telefonida esa o’sha soz’ “ Qong’iroq qilinayaotgan abonent apparati o’chirilgan”. Yigitni juda katta qo’rquv aralash xavotir butun tanasini egalladi. Nega? Nega? Nega? – degan savollar yigitning boshida aylanar edi… Yigit soat 20 : 00 gacha kutdi, qiz kelmadi yigit xavotir va qo’rquv bilan uyiga qaytdi. Uyiga borib ishdan chargani sabablimi uxlab qoldi. 2 soatlarcha uxlab o’rnidan turdi va yana ko’nglida o’sha g’ashlik paydo bo’ldi. Yana sevgan qiziga sim qoqdi. Yana o’sha tanish so’zlar. Yigit oxiri toqati tog’ bo’lib qizning eng yaqin dugonasiga qo’ng’iroq qildi.
- Alo Sevara yaxshimisiz?
- Raxmat,
- Nega dugonangizni telefoni o’chik?
- Bilasizmi Xurshid aka…? Xaligi… Nima desam ekan – a…
- Gapiring nega dudulanasiz – jaxl bilan
- Uzur buni sizga Gulini o’zi aytadi- deb trubkani joyiga qo’ydi SEVARA

Yigitta yana o’sha g’ashlik, biroq yanada kuchliroq alanga oldi…
Bir payt soat 22 : 00 larda qiz qo’ng’iroq qildi.
- Alo
- Nega telefoning o’chik – jaxl va xavotir bilan
- Bilasizmi Xurshid aka?
- Gapir…
- Men sizga to’g’risini etsam, uchrashuvga chiqqan edim,
- Nima?
- Ota – onam mani unashtirib qo’yishdi, meni kechiring xammasi tugadi….. – deb go’shakni qo’ydi qiz…

Yigit ming alamda qizning uyiga yo’l oldi…
Soat 23 : 00
Yigit taksidan tushdi va yo’ldan o’tayotganda Telefo’niga “SMS” keldi. Yigit “SMS” ni o’qib beixtiyor jilmaydi… Yigitni katta tezlik bilan kelayotgan MASHINA urib yubori. Yigit joyida vafot etdi…
Bu paytda Sevara dugonasi Guli ga qo’ng’iroq qildi.
- Alo Guli qalesan
- Zo’r
- O’xshadimi? Aytdingmi? SMS yozdingmi?
- Xa xammasi o’xshadi xali SMS yozib yubordim…

SMS da shunday so’zlar bitilgan edi….
“Xazillashdim, 1 – Aprel bilan”

Просмотров: 401 | Добавил: DILYONA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: