Главная » 2014 » Март » 22 » «Yomg`ir»
23:22
«Yomg`ir»

«Hayotdan lavxa»

Bugun ertalabdan yomg`ir sharros quyib berdi. Shu yomg`irni biram yoqtirmayman-ey…Yurakni ezib yuboradi…Shatir-shutir…Taqir-tuqur…Uf-f…
Derazaga kelib urilayotgan tomchilar xuddi ko`z yoshiga o`xshaydi. Bir maromdagi tiqirlagan tovush jonimga tegip ketti. Tina qolsachi…!
Shu choq tovushlar orasiga mutlaqo begona bir tovush kelib qo`shildi. Shoshib derazaga qaradim, oynaga pastdan otilayotgan mayday-mayda toshchalar “chirs-chirs” urilardi.
Yuragim orziqib ketti!
U! Faqat u o`zimizgagina tanish bo`lgan “signal”- derazamga mayday toshlarni otib chaqiradi. Qushdek uchib borib oynalarni lang ochib yubordim. Yuzlarimga urilgan muzdek tomchilardan etim junjikib ketti, buncha sovuq!
Mo`ltirab turishinichi axmoq! Uch kun oldin allaqaysi qarindoshinikiga ketgandi. Kelibdi-da?!
Menga qarab jilmayib qo`l silkib qo`ydi.
- Jonim man keldim!
- Ko`rib turibman, nima deysiz?- qovoq tumshuq qilib arazlaganimni namoyish qildim. Menga bir kunda kelaman degandi-da.
- Buyoqqa chiq!
- Chiqmayman!
- Chiqaqolgin!
U ko`zlarimga shunday iltijo bilan termuldiki…O`zimxam sog`inchdan o`lay deganmanu, baribir nozimni qo`ymayman… Yomg`irdan suvga tushgan mushukdek ivib ketibdi bechoraginam…
- Bo`pti, xozir!
Ataylab paysalga solib shoshilmay chiqib bordim. Yugurib oldimga keldi.
- Sog`inib kettim-ku!- qo`llarimdan tutgani zamon boyagina ichimda qaytarib-qaytarib chiqayot gan, unga atalgan zaxargina gaplarim allaqayoqqa gum bo`ldi…
- Men xam…- tilimdan beixtiyor shu so`zlar uchdi. Tavba…Xozirgina kechikkani uchun xumordan chiqquncha uzib olmoqchi edim…
Sharros quyayotgan yomg`ir ostida uzoq, uzo-oq turib qolibmiz. Avvaliga muzdek tuyilgan yomg`ir tomchilari endi ilib qolgandek bo`ldi. Kim bilsin balki yuragim qizib ketayotgani uchun shunday tuyulayotgandir. So`ng kimdir meni chaqirdi., shirin-shirin xayollar pirr etib uchib ketti. Shoshib derazagaga qaradim. Oyim!
- Xayr men chiqa qolay…
Jinnivoy qo`llarimni qo`yib yubormay ko`zlarimga qattiq tikildi:
- Ertaga chiq. Xuv anavi o`zimizning joyda kutaman…
Tezroq qutulish uchun xop dedim-u, yugurib ichkariga kirib kettim. Oyim axvolimni ko`rib xunobi oshdi:
- Voy-bo`y ivib ketibsanku! Tez kiyimingni almashtir axmoq qiz, shu paytda ko`chada nima bor-a? muzlab qolgandirsan?!
Qayoqda?! Qaytaga brogan sari ichim qizib ketayotganay…
Xonamga kirib, derazalarni lang ochib, yo`gayotgan yomg`ir tomchilariga qarab jilmaydim. Bir maromda tomlarga, oynalarga urilib chiqarayotgan tovushi shunaqayam yoqimliki…Yomg`ir…! Qanday yaxshi-ya! Yurakka shirin hislar soladi! Yo`g`versa-yog`aversa, xech tinmasa…!

Просмотров: 363 | Добавил: DILYONA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: